Ommaviy oferta

sms.faol.uz - «Faol SMS» xizmatidan foydalaniş şartnomasi. Tahrir 1, 10.11.2026.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH (STIR 478876923; maʼlumotnoma № 0014682729, 15.10.2026; manzil: Toşkent ş. Yakkasaroy tumani, 116-uy; bundan keyin - «Ijroçi») tomonidan sms.faol.uz sayti va uning PWA ilovasi orqali kórsatiladigan «Faol SMS» xizmatidan foydalaniş şartlarini belgilaydi.

1.2. Hujjat Ózbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi: unda belgilangan şartlarni qabul qilgan har qanday muomalaga layoqatli şaxs bilan şartnoma tuziladi.

1.3. Ofertaning aksepti (tóliq va sózsiz qabul qilinişi) - róyxatdan ótiş formasida «Ommaviy oferta va Maxfiylik siyosatiga roziman» belgisini qóyiş yoki kabinetda «Roziman» tugmasini bosiş. Aksept qilingan sana va vaqt Ijroçining maʼlumotlar bazasida saqlanadi va şartnoma tuzilganini tasdiqlaydi. Elektron şaklda tuzilgan şartnoma «Elektron tijorat tóǵrisida»gi Qonunga muvofiq yozma şakldagi şartnomaga tenglaştiriladi.

1.4. Foydalanuvçi - 18 yoşga tólgan, ofertani aksept qilgan jismoniy şaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik şaxs vakili.

2. Xizmat

2.1. Ijroçi foydalanuvçiga SMS xabarlar yuboriş xizmatidan (sayt, kabinet va API orqali) masofadan foydalaniş imkonini beradi: keng tarqalgan SMS API tizimlari bilan mos API, xabarlarni Ijroçining SIM kartalari orqali yetkaziş, holat hisobotlari, webhooklar, xabarlar tarixi hamda saytda eʼlon qilingan boşqa funksiyalar.

2.2. Xizmat bosqiçma-bosqiç rivojlantiriladi: funksiyalar tarkibi saytda va kabinetda kórsatiladi. Xizmat test rejimida bólgan davrda (sayt yuqorisidagi xabar) u bepul kórsatiladi va funksiyalar ógohlantirişsiz ózgarişi mumkin.

2.3. Pullik tariflar joriy etilsa, ularning narxi, muddati va tólov tartibi saytda oldindan eʼlon qilinadi; pullik xizmat faqat foydalanuvçi uni alohida tanlagandan keyin kórsatiladi.

2.4. Xabarlar mobil operatorlar tarmoqlari orqali ótadi: Ijroçi yetkaziş muddatini va muayyan raqamga yetkazişni kafolatlamaydi (óçirilgan telefon, operator bloklaşi, raqamni kóçiriş va h.k.). «Yetkazildi» holati - operatorning hisoboti. Xabar jónatuvçisi - oddiy telefon raqami: jónatuvçi nomini qóyib bólmaydi.

3. Hisob va xavfsizlik

3.1. Róyxatdan ótiş e-mail manzilni bir martalik kod bilan tasdiqlaş orqali yakunlanadi. Kiriş ikki bosqiçli: parol va e-mailga yuboriladigan bir martalik kod.

3.2. Foydalanuvçi parol, e-mail pochtasi va qurilmalari xavfsizligi uçun óz javobgar; hisobdan begona şaxs foydalanganini sezsa, darhol parolni ózgartirişi va Ijroçiga xabar berişi kerak.

3.3. Xizmat orqali uzatilgan maʼlumotlar (telefon raqamlari, xabar matnlari, holatlar) foydalanuvçiniki hisoblanadi. Ijroçi ularni faqat xabarlarni yetkaziş va xizmat kórsatiş uçun qayta işlaydi va Maxfiylik siyosatiga muvofiq çeklangan muddat saqlaydi.

4. Taraflarning huquq va majburiyatlari

4.1. Foydalanuvçi:

4.2. Ijroçi:

5. Javobgarlik

5.1. Xizmat «boricha» kórsatiladi. Ijroçi foydalanuvçining tijorat natijalari, boy berilgan foyda, foydalanuvçi kiritgan maʼlumotlarning tóǵriligi hamda internet provayderlari, elektr taʼminoti yoki foydalanuvçi qurilmasidagi nosozliklar uçun javob bermaydi.

5.2. Ijroçining javobgarligi, qonunda boşqaça belgilanmagan bólsa, foydalanuvçi oxirgi 3 oyda xizmat uçun tólagan summa bilan çeklanadi.

5.3. Fors-major holatlarida taraflar majburiyatlarni bajarmaganlik uçun javobgar bólmaydi.

6. Nizolarni hal qiliş

6.1. Nizolar avval muzokara orqali hal qilinadi: murojaat info@sms.faol.uz manziliga yuboriladi va 10 iş kuni içida kórib çiqiladi.

6.2. Kelişuvga erişilmasa, nizo Ózbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq Ijroçi joylaşgan hududdagi sudda kórib çiqiladi.

7. Amal qiliş muddati va ózgartiriş

7.1. Şartnoma aksept qilingan paytdan boşlab muddatsiz amal qiladi. Foydalanuvçi istalgan vaqtda hisobni óçiriş tóǵrisida murojaat qilib şartnomani bekor qilişi mumkin.

7.2. Ijroçi ofertani ózgartirişi mumkin; yangi tahrir saytda eʼlon qilinadi va foydalanuvçidan kabinetda qayta rozilik sóraladi. Rozilik berilmaguniça kabinet funksiyalari vaqtinça yopiladi.

8. Ijroçi rekvizitlari

KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH
STIR: 478876923
Maʼlumotnoma: № 0014682729, 15.10.2026
Manzil: Toşkent ş. Yakkasaroy tumani, 116-uy
Faoliyat turi: Dasturiy taʼminotlar işlab çiqiş, multimedia va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat
Telefon: +99877-273-99-77
E-mail: info@sms.faol.uz

Maxfiylik siyosati · Bosh sahifa

Found a mistake on the site? Select the text and press Ctrl+I (macOS: ⌘+I) to send it to us.