Maxfiylik siyosati

sms.faol.uz - «Faol SMS» foydalanuvçilarining şaxsga doir maʼlumotlarini qayta işlaş tartibi. Tahrir 1, 10.11.2026.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Siyosat «Şaxsga doir maʼlumotlar tóǵrisida»gi Ózbekiston Respublikasi Qonuni (2019-yil 2-iyuldagi ÓRQ-547-son) va boşqa qonun hujjatlariga muvofiq işlab çiqilgan.

1.2. Şaxsga doir maʼlumotlar mulkdori va operatori - KURBANOV ILHOMJON URMANOVICH (STIR 478876923, manzil: Toşkent ş. Yakkasaroy tumani, 116-uy; bundan keyin - «Operator»).

1.3. Róyxatdan ótişda yoki kabinetda «Roziman» tugmasini bosib, foydalanuvçi ushbu Siyosatda kórsatilgan maqsad va usullarda óz şaxsga doir maʼlumotlarini qayta işlaşga rozilik beradi. Rozilik berilgan sana, vaqt va hujjat tahriri Operatorning maʼlumotlar bazasida saqlanadi.

2. Qanday maʼlumotlar qayta işlanadi

3. Qayta işlaş maqsadlari

4. Saqlaş va himoya

4.1. «Şaxsga doir maʼlumotlar tóǵrisida»gi Qonunning 27¹-moddasiga muvofiq Ózbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlari Ózbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanadi va qayta işlanadi.

4.2. Parollar va tasdiqlaş kodlari faqat xeş kórinişida saqlanadi; ulanişlar HTTPS orqali şifrlanadi; maʼlumotlar bazasiga kiriş huquqi çeklangan; har kuni zaxira nusxa olinadi.

4.3. Oflayn rejim: ilova internet bólmaganda işlaşi uçun oxirgi kórilgan maʼlumotlar va hali yuborilmagan ózgarişlar foydalanuvçining óz qurilmasida (brauzer xotirasida) saqlanadi. Hisobdan çiqilganda ular qurilmadan óçiriladi. Umumiy foydalaniladigan qurilmada işni tugatgaç hisobdan çiqiş tavsiya etiladi.

4.4. Saqlaş muddatlari: hisob maʼlumotlari - hisob óçirilgunça va undan keyin qonunçilikda talab qilingan muddat; tasdiqlanmagan hisoblar - 24 soat; taşriflar statistikasi - 12 oygaça; texnik loglar - 90 kungaça.

5. Uçinçi şaxslarga beriş

5.1. Maʼlumotlar sotilmaydi. Ular faqat xizmat kórsatiş uçun zarur hajmda quyidagilarga berilişi mumkin: e-mail xatlarni yetkaziş provayderi, xostinq provayderi.

5.2. Ovozli kiritiş: maydondagi mikrofon tugmasi bosilganda nutqni brauzerning óz xizmati matnga aylantiradi (masalan, Chrome'da - Google, Safari'da - Apple). Ovoz Operatorga yuborilmaydi va saqlanmaydi; uni brauzer işlab çiqaruvçisi óz qoidalari asosida qayta işlaydi. Funksiyadan foydalanmaslik mumkin - matnni klaviaturada kiritiş kifoya.

5.3. E-mail xabarlari Ózbekistondan taşqaridagi serverlar orqali ótişi mumkin; bunda faqat xabarning ózi (manzil va matn) uzatiladi. Foydalanuvçi bunga ushbu Siyosatni qabul qiliş orqali rozilik beradi.

5.4. Qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼlumotlar vakolatli davlat organlariga ularning asosli sóroviga kóra beriladi.

6. Cookie fayllari va qurilma xotirasi

Sayt faqat zarur cookie fayllaridan foydalanadi: sessiya, CSRF himoyasi, «meni eslab qol», til, kunduzgi/tungi rejim, interfeys şrifti va taşrif buyuruvçini tanib oliş (statistika uçun). Reklama cookie'lari işlatilmaydi. Oflayn rejim uçun brauzerning IndexedDB va Cache xotirasi işlatiladi (4.3-band).

7. Foydalanuvçining huquqlari

Qonunga muvofiq foydalanuvçi:

Murojaatlar info@sms.faol.uz manziliga yuboriladi va qonunda belgilangan muddatda, ammo 10 iş kunidan keçiktirmay kórib çiqiladi.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Siyosat ózgarsa, yangi tahrir saytda eʼlon qilinadi va foydalanuvçidan qayta rozilik sóraladi; rozilik berilmaguniça kabinet funksiyalari vaqtinça yopiladi.

8.2. Operator bilan aloqa: info@sms.faol.uz, +99877-273-99-77.

Ommaviy oferta · Bosh sahifa

Found a mistake on the site? Select the text and press Ctrl+I (macOS: ⌘+I) to send it to us.